Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AGRAR MAHSULOTLAR TA’MINOT ZANJIRIDA TRANSAKSION XARAJATLARNI QISQARTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY YO‘NALISHLARI

Bahora Shuhratovna OlimovaKarshi State Technical University
2026
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada agrar mahsulotlar ta’minot zanjirida yuzaga keladigan transaksion xarajatlarning iqtisodiy mohiyati, ularning tarkibi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazish jarayoniga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi agrar mahsulotlar ta’minot zanjirida transaksion xarajatlarni qisqartirishning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlarini aniqlash va ularning samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotda institutsional tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv hamda iqtisodiy-statistik usullardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ta’minot zanjiri ishtirokchilari o‘rtasidagi axborot asimmetriyasi, shartnomaviy munosabatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi, logistika infratuzilmasining cheklanganligi hamda raqamli texnologiyalarning yetarlicha joriy etilmaganligi transaksion xarajatlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu asosda agrar mahsulotlar ta’minot zanjirida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, raqamli platformalarni keng joriy etish, logistika markazlari faoliyatini takomillashtirish va shartnomaviy munosabatlarni institutsional jihatdan mustahkamlash orqali transaksion xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar