Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FERMER XO‘JALIKLARI MARKETINGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TASIRINI BAHOLASH

Gulrux Umarjonovna NazarovaKarshi State Technical University
2026
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada fermer xo‘jaliklari marketingini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tizimli va ilmiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda marketing faoliyatining samaradorligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, institutsional, tashkiliy va texnologik omillar ajratib ko‘rib chiqildi. Xususan, bozor infratuzilmasining rivojlanish darajasi, raqobat muhiti, davlat qo‘llab-quvvatlash siyosati, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonlari fermer xo‘jaliklari marketing strategiyalarining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab berildi. Shuningdek, marketing tizimining rivojlanishida axborotga kirish imkoniyati va logistika tizimining samaradorligi ham muhim omil sifatida ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari fermer xo‘jaliklarida marketing faoliyatini takomillashtirish va agrar bozor samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar