SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MUAMMOLI KREDITLARNI PROGNOZLASH IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarni prognozlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Kredit risklarini baholashda an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilingan hamda mashinali o‘qitish algoritmlarining muammoli kreditlarni erta aniqlash va kredit portfeli sifatini yaxshilashdagi salohiyati asoslab berilgan. Shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan prognozlash modellarining samaradorligi baholanib, ularning bank risk-menejment tizimidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston bank sektorida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va kredit risklarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan