AHOLIGA UY-JOY KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATISH SIFATINI BAHOLASH VA TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada aholiga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini baholash va uni takomillashtirish masalalari kompleks yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda uy-joy kommunal xizmatlarining elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz, issiqlik ta’minoti hamda chiqindilarni boshqarish kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 2020–2024-yillardagi statistik ko‘rsatkichlar asosida xizmatlar sifati dinamikasi o‘rganilgan. Texnik-iqtisodiy, institutsional va raqamli monitoring usullari orqali xizmatlar uzluksizligi, qamrov darajasi, avariya holatlari va aholi murojaatlari tahlil qilingan. Shuningdek, tashkiliy-boshqaruv, texnologik-innovatsion, iqtisodiy-moliyaviy va normativ-huquqiy takomillashtirish usullari tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijalari uy-joy kommunal xizmatlar sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkorlikni kuchaytirish, boshqaruv shaffofligini ta’minlash hamda investitsion faollikni rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan