XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARIDA ELEKTRON HUJJAT AYLANISHI VA AXBOROT TIZIMLARINING AMALDAGI HOLATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish korxonalarida elektron hujjat aylanishi tizimlari va axborot tizimlarining amaldagi holati kompleks tahlil qilingan. Elektron hujjat aylanishining korxona boshqaruvi samaradorligini oshirishdagi o‘rni, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirishdagi ahamiyati hamda axborot almashinuvining tezkorligi va ishonchliligini ta’minlashdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish korxonalarida elektron hujjat aylanishi va axborot tizimlarini joriy etish hamda ulardan foydalanish darajasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini oshirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan