Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATISHDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI

Sanjar Bahromqulovich BoboqulovSamarqand iqtisodiyot va servis instituti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada kommunal xizmatlar ko‘rsatish tizimida iqtisodiy samaradorlikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasining bugungi holati, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish omillari tahlil qilinib, iqtisodiy samaradorlikni pasaytirayotgan asosiy sabablar aniqlangan. Maqolada boshqaruv tizimini optimallashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini standartlashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, tarif siyosatini iqtisodiy asoslash, investitsiyalarni jalb etish hamda moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarining mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarning o‘zaro uzviy bog‘liqligi asoslab berilib, ularni kompleks va muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, xarajatlarni optimallashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar