IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA PISKOM HAVZASI TOG' MUZLIKLARINING GEOTURISTIK SALOHIYATI VA ULARDAN BARQAROR FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida G‘arbiy Tyanshanning Piskom daryosi havzasida joylashgan tog‘ muzliklarining geoturistik salohiyati baholanadi. Tadqiqot “O‘zbekiston Respublikasi muzliklar katalogi” (2025) ma’lumotlari, GIS texnologiyalari (ArcGIS) hamda masofadan zondlash materiallari asosida olib borilgan. Mualliflar tomonidan muzlik obyektlarining geoturistik salohiyatini aniqlashning mezonli (ball-reyting) baholash metodikasi taklif etilib, unda tabiiy-estetik jozibadorlik, ilmiy-kognitiv qiymat, transport yo‘llari bilan ta’minlanganlik, mutloq balandlik va relef murakkabligi, glyatsial xavf darajasi hamda infratuzilma holati asosiy mezonlar sifatida qabul qilingan.