OʻZBEKISTONDA INFLYATSION BOSIM OMILLARI VA ULARNING ISTEʼMOL NARXLARI INDEKSIDA NAMOYON BO‘LISHI
Litsenziya: cc-by-sa
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston sharoitida inflyatsiyaning mohiyati, unga taʼsir etuvchi monetar va nomonetar omillar, shuningdek tashqi shoklar hamda valyuta kursidagi oʻzgarishlarning isteʼmol narxlarida aks etishi natijasida isteʼmol narxlari indeksining (INI) dinamikasi yoritiladi. Maqolada inflyatsiya jarayoni pul-kredit sharoitlari bilan bir qatorda davlatning byudjet xarajatlari va soliq siyosati (fiskal omillar), bozor tuzilmasi, maʼmuriy tartibga solinadigan tariflar, import narxlari hamda inflyatsion kutilmalar oʻzaro taʼsiri natijasida shakllanuvchi kompleks hodisa sifatida talqin qilinadi. 2020–2025 yillar kontekstida INI, asosiy stavka va almashuv kursi dinamikasi tavsifiy tahlil qilinib, omillarni INI boʻlimlari kesimida ajratib baholash uchun empirik baholash yoʻnalishlari taklif etiladi.
Hali tarjima qilinmagan