Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SEMIZLIK VA 2-TUR QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA KLINIK, METABOLIK VA ICHAK MIKROBIOTASI KO‘RSATKICHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Shaxzod VafoyevTashkent State Medical University , Assistant, Department of Internal Medicine , Endocrinology Tashkent , UzbekistanBarno Shagazatova
2026
ABI

Annotatsiya

Semizlik va 2-tur qandli diabet (QD) bir-biri bilan chambarchas bog‘liq metabolik kasalliklar bo‘lib, ularning rivojlanishida ichak mikrobiotasi disbiozining roli tobora ortib bormoqda. Bariatrik jarrohlik guruhiga kiruvchi bemorlarda ichak mikrobiotasini miqdoriy baholash, semizlikni 2-tur QD dan ajratuvchi mikrobial va metabolik markerlarni aniqlashga yordam beradi. Maqsad. Bariatrik jarrohlikdan oldin semizlik va 2-tur QD bilan og‘rigan bemorlarda antropometrik, biokimyoviy va ichak mikrobiotasi ko‘rsatkichlarining qiyosiy, korrelyatsion va ROC tahlilini o‘tkazish. Materiallar va usullar. Bariatrik jarrohlikdan oldingi 40 nafar bemor o‘rganildi: 31 nafar semizlik bilan og‘rigan (26 ayol, 5 erkak) va 9 nafar 2-tur QD bilan og‘rigan (7 ayol, 2 erkak). 2-tur QD guruhiga tashxis qo‘yilganiga 3 yilgacha bo‘lgan, ilgari gipoglikemik dorilarni qabul qilgan, ammo so‘nggi 3 oy ichida hech qanday dori qabul qilmagan bemorlar kiritildi. Antropometrik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar, insulin, HOMA-IR hamda ichak mikrobiotasi (Kolonoflor-16 real vaqt PZR paneli, Alfalab, Rossiya yordamida log₁₀ nusxa/ml ko‘rinishida) baholandi. Natijalar. Och qoringa glyukoza, HOMA-IR va kreatinin 2-tur QD guruhida sezilarli yuqori bo‘ldi (barchasi p<0,05), ZPLP-xolesterin esa pastroq edi; antropometrik ko‘rsatkichlar va och qoringa insulin farq qilmadi. Aksariyat mikrobial taksonlar guruhlar orasida o‘xshash bo‘lib, faqat Bacteroides thetaiotaomicron 2-tur QD da yuqoriroq bo‘lish tendensiyasini ko‘rsatdi (p=0,063). HOMA-IR umumiy bakterial massa (ρ=0,36, p=0,024) va Klebsiella pneumoniae (ρ=0,37, p=0,019) bilan musbat bog‘landi. ROC tahlilida och qoringa glyukoza (AUC=1,00) va HOMA-IR (AUC=0,93) 2-tur QD ni semizlikdan a’lo aniqlik bilan ajratdi, kreatinin esa o‘rtacha ko‘rsatkich berdi (AUC=0,77). Xulosa. Bariatrik jarrohlikdan oldingi bemorlarda semizlik va 2-tur QD guruhlari o‘xshash antropometrik va ichak mikrobiotasi profiliga ega bo‘ldi, glikemik va insulinrezistentlik ko‘rsatkichlari esa eng kuchli ajratish qobiliyatini ta’minladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba