XALQ EPIK MEROSI (DOSTON VA MAQOLLAR)NING O‘QUVCHILAR XULQ-ATVOR MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada xalq og‘zaki ijodining bosh ustunlari – xalq epik merosi (dostonlar) hamda maqollarning o‘quvchilar xulq-atvor madaniyatini shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Dostonlarning sinkretik tabiati va ulardagi ideal obrazlar orqali o‘smirlarda vatanparvarlik, oilaviy va umumbashariy qadriyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, xalq maqollarining oltita asosiy tarbiyaviy yo‘nalish bo‘yicha tematik tasnifi keltirilib, ularning bola shaxsida kognitiv, motivatsion-qadriyatli va faoliyat-xulqiy mezonlarni faollashtirishdagi metaforik kuchi asoslangan. Doston va maqollar integratsiyasi o‘quvchi xulqini tartibga soluvchi va globallashuv sharoitida manaviy immunitetni mustahkamlovchi qudratli didaktik vosita ekanligi isbotlangan.
Hali tarjima qilinmagan