Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

OKSIDLANGAN VA ARALASH TIPDAGI MIS RUDALARINI TO‘PLOVCHI REAGENT YORDAMIDA FLOTATSIYALASHNI O‘RGANISH

Dilmurod Baxtiyarovich MaxmarejabovOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiZarina Xusniddinovna AbdurasulovaIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiShodbay Nurullayevich Asilov“Mineral resurslar instituti” DMErgash Yusufo‘g‘li Jabborov“Mineral resurslar instituti” DM
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada global mis zaxiralarining kamayishi sharoitida qiyin boyitiluvchi oksidlangan va aralash mis rudalarini (malaxit, azurit, xrizokolla) faollashtiruvchi reagentlar yordamida flotatsiyalash texnologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida jahon tog‘-kon sanoatining yirik korxonalari — Kansanshi va Bozshakol kabi, yillik quvvati 1,5 dan 40 mln tonnagacha bo‘lgan fabrikalarning amaliy tajribasi hamda ularda qo‘llaniladigan natriy sulfid (Na₂S) va natriy gidrosulfid (NaHS) reagentlarining samaradorligi tizimli tahlil qilingan. Minerallar yuzasida sun’iy sulfidli parda hosil bo‘lish mexanizmlari hamda pulpadagi sulfid ionlari konsentratsiyasini elektrokimyoviy salohiyat (Eh) orqali avtomatik boshqaruvchi CPS (Controlled Potential Sulphidisation) texnologiyasining ilmiy asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Kaliy va butil ksantogenatlari kabi kuchli to‘plovchilarning faollashtirilgan mineral sirti bilan o‘zaro ta’siri hamda mineral depressiyasini bartaraf etish usullari yoritilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar