Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SURUNKALI VIRUSLI GEPATITLI BEMORLAR ORASIDA GEPATOTSELLYULYAR KARSINOMANI ERTA ANIQLASH VA PROFILAKTIKASINING LABORATORIYA-DIAGNOSTIK MODELINI ILMIY ASOSLASH

Feruzakhon AbduvalievaPhD associate professor, Fergana medical institute of public health, Fergana, UzbekistanFarrux KarimjonovFerghana Medical Insititute of Public Health Department of Microbiology, virology and immunalogy, UzbekistanFoziljon RasulovCandidate of Medical Sciences, Associate Professor Head of the Department of Microbiology, Virology and Immunology Fergana Public Health Medical Institute
2026uz
ABI

Annotatsiya

Gepatotsellyulyar karsinoma (GSK) jigar xavfli o‘smalarining eng ko‘p uchraydigan turi bo‘lib, ko‘p hollarda surunkali virusli gepatit B va C infeksiyalari fonida rivojlanadi. Kasallikning dastlabki bosqichlarda klinik belgilarsiz kechishi erta tashxis qo‘yishni murakkablashtiradi va davolash samaradorligini pasaytiradi. Mazkur maqolada surunkali virusli gepatitli bemorlarda gepatotsellyulyar karsinomani erta aniqlash va profilaktikasida laborator-diagnostik yondashuvlarning ahamiyati ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Alfa-fetoprotein, jigar fermentlari, virus yuklamasi va zamonaviy biomarkerlarning diagnostik imkoniyatlari baholanib, laborator ko‘rsatkichlarni klinik xavf omillari bilan uyg‘unlashtirish kasallikni erta aniqlash va yuqori xavf guruhidagi bemorlarni saralashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatildi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba