Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ISLOM HUQUQIDA MULKIY HUQUQLAR PARADIGMASI: MAZMUNI, OBYEKTLARI VA QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL

Zavqiddin AmonovCandidate of Legal Sciences ,
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada islom huquqida mulk va mulkiy huquqlar konsepsiyasining diniy-axloqiy hamda yuridik asoslari tahlil qilinadi. “Mol” (māl), “mulk” (milk), manfaat va tasarruf tushunchalarining oʻzaro nisbati, mulk huquqining subyektlari, obyektlari va mazmuni hanafiy va boshqa fiqh maktablaridagi yondashuvlar asosida ochib beriladi. Mutaqavvim va gʻayri mutaqavvim mol, umumiy foydalanishdagi neʼmatlar, xususiy mulk hamda vaqf mol-mulkining huquqiy rejimi farqlanadi. Islom huquqidagi mulk konsepsiyasi Angliya umumiy huquqidagi tenure, trust va estates konstruksiyalari, shuningdek J. Lokkning mehnat nazariyasi bilan qiyoslanadi. Tadqiqot natijasida islom huquqi xususiy mulkni tan olishi bilan birga, uni ijtimoiy masʼuliyat, isrofni cheklash, zakot va boshqalar huquqlarini hurmat qilish talablari bilan uygʻunlashtirishi asoslanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba