PEDAGOGIK TASHXIS JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH: TAJRIBA-SINOV VA MA’LUMOTLARGA ASOSLANGAN YONDASHUV
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada pedagogik tashxis jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi tajriba-sinov va ma’lumotlarga asoslangan yondashuv asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda nazariy va empirik metodlar, jumladan, kuzatish, tajriba-sinov hamda statistik tahlil qo‘llanildi. 132 nafar respondent ishtirok etgan tadqiqotda tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida taqqoslash amalga oshirildi. Natijalar raqamli texnologiyalar baholash aniqligi, tezkorligi va obyektivligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi, shuningdek, o‘quvchilarning o‘zlashtirish dinamikasini real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyati yaratildi. Statistik tahlil guruhlar o‘rtasidagi farqning ishonchli ekanligini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari pedagogik tashxisni modernizatsiya qilish va raqamli baholash tizimlarini rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan