INGLIZ TILIDA KONSTRUKTIV KOMISSIV NUTQIY AKTLARNING FUNKSIONAL-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilidagi konstruktiv komissiv nutqiy aktlarning funksional-pragmatik xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot nutqiy aktlar nazariyasi doirasida komissiv aktlarning kommunikativ tabiati, ularning illokutsion mazmuni hamda muloqot jarayonidagi ijtimoiy-pragmatik vazifalarini aniqlashga qaratilgan. Ishda promise, offer, guarantee, undertake, pledge kabi leksik birliklar va modal konstruktsiyalar orqali ifodalanuvchi konstruktiv komissiv aktlarning qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur nutqiy birliklar faqatgina kelajakdagi harakatga nisbatan majburiyat bildirish vositasi bo‘lib qolmay, balki ishonchni shakllantirish, hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kommunikativ samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Konstruktiv komissivlarning pragmatik mazmuni grammatik shakl bilan bir qatorda kommunikativ vaziyat, so‘zlovchining maqsadi va madaniy omillar ta’sirida shakllanadi.
Hali tarjima qilinmagan