ANTIFOSFOLIPID SINDROMI TUFAYLI TAKRORIY HOMILA TUSHISHI HOLATLARIDA ENDOMЕTRIYDA KUZATILADIGAN GISTOLOGIK OʻZGARISHLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Antifosfolipid sindromi (AFS) takroriy homila tushishining asosiy sabablaridan biri boʻlib, endometriyda morfologik va funksional oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi hamda implantatsiya jarayoni va homiladorlikning erta rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Mazkur maqolada AFS tufayli takroriy homila tushishi kuzatilgan ayollarda endometriyning gistologik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari endometriyda detsidualizatsiyaning yetarli emasligi, stromada fibroz va shish, mikrotsirkulyator oʻzgarishlar, qon tomirlarida tromboz elementlari, yalligʻlanish infiltratsiyasi hamda bezlar tuzilishidagi morfologik oʻzgarishlar koʻproq uchrashini koʻrsatdi. Aniqlangan gistologik oʻzgarishlar AFSda endometriy retseptivligining pasayishi va takroriy reproduktiv yoʻqotishlar rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Hali tarjima qilinmagan