Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YOSH SPORTCHILARNI TAYYORLASH TIZIMIDAGI PEDAGOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHNING ILMIY-USLUBIY YOʻLLARI

Salixova Gulsora XasanovnaOʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti, p.f.b.f.d. (PhD)
2026uz
ABI

Annotatsiya

YOSH SPORTCHILARNI TAYYORLASH TIZIMIDAGI PEDAGOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHNING ILMIY-USLUBIY YOʻLLARI Salixova Gulsora Xasanovna Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti, p.f.b.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.22270633 Annotatsiya: Maqolada Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha soʻnggi yillarda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili asosida yosh sportchilarni tayyorlash tizimida saqlanib qolayotgan pedagogik muammolar yoritilgan. Me'yoriy hujjatlarni mazmuniy tahlil qilish, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni umumlashtirish, pedagogik kuzatish hamda tizimli-qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan holda muammolar oltita guruhga — uslubiy, psixologik, pedagogik, texnik, taktik va tashkiliy-resurs guruhlariga ajratilgan hamda ularning oʻquv-mashgʻulot jarayonidagi pedagogik oqibatlari koʻrsatilgan. Shuningdek, sportda dopingga qarshi kurashishning milliy tizimi va uning ta'lim-targʻibot yoʻnalishi tahlil qilingan. Xulosada muammolarni bartaraf etishning yoshga mos individuallashtirilgan tayyorgarlik dasturlari, videotahlil va biomexanik tahlil texnologiyalari, murabbiylar malakasini uzluksiz oshirish hamda psixologik tayyorgarlikni tizimlashtirishga asoslangan yoʻllari taklif etilgan. Kalit soʻzlar: yosh sportchi, sport tayyorgarligi, pedagogik muammo, uslubiy ta'minot, texnik-taktik tayyorgarlik, psixologik barqarorlik, murabbiy malakasi, doping, antidoping ta'limi, ommaviy sport, me'yoriy-huquqiy asos.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba