Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XORIJIY ILMIY STAJIROVKA JARAYONLARINING INTEGRATIV AXBOROT-FUNKSIONAL MODELINI ISHLAB CHIQISH

S TojiyevRaqamlashtirish, sun'iy intellektni joriy etish va kiberxavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi bosh mutaxassisiJ QayumovAxborot tizimlari bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxssisiD IsmoilovAxborot tizimlari bilan ishlash bo‘limi bo‘lim boshlig‘i
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Maqolada xorijiy ilmiy stajirovka jarayonlari uchun foydalanuvchi, rol, funksiya, axborot obyekti, normativ qoida, holat, hodisa, tashqi tizim, marshrut va natijaviy axborotni yagona matematik tuzilmada bog‘lovchi integrativ axborot-funksional model ishlab chiqiladi. Modelning maqsadi normativ jarayon semantikasini dasturiy modul va ma’lumotlar bazasidan mustaqil formal ko‘rinishda ifodalash hamda keyingi verifikatsiya, marshrutlash, ekspertiza, integratsiya va audit algoritmlariga umumiy predmet asos yaratishdir. Model MIF = ⟨U,R,F,D,C,S,E,X,P,Y,Λ⟩ ko‘rinishida berilib, komponentlar o‘rtasidagi ruxsat, ma’lumot, holat va tashqi mapping munosabatlari formalizatsiya qilinadi. Natijada ariza hayotiy siklidagi barcha obyektlarni yagona identifikatsiya va traceability zanjirida bog‘lash, normativ qoida versiyasini jarayon holati bilan birga saqlash va tashqi tizimlardan keladigan atributlarning semantik mosligini boshqarish imkonini beruvchi model shakllantirildi. Dasturiy realizatsiyada ushbu model konseptual ma’lumotlar bazasi va ko‘p qatlamli arxitekturaning semantik asosiga aylantiriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar