OʻZBEKISTONDA GENDER TENGLIGI SIYOSATI MEHNAT BOZORIDA AYOLLARNING IMKONIYATLARI VA CHEKLOVLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda gender tengligini ta'minlash siyosati doirasida xotin-qizlarning mehnat bozoridagi iqtisodiy faolligi, bandlik imkoniyatlari va ularning kasbiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar sosiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda gender tengligi sohasida amalga oshirilayotgan institusional islohotlar, xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda mehnat huquqlarini himoya qilish mexanizmlariga alohida e'tibor qaratiladi. Rasmiy statistikaga koʻra, 2025 yilda Oʻzbekistonda jami band aholi tarkibida ayollarning ulushi 43,1 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, ayollar va erkaklarning haq toʻlanmaydigan uy mehnatiga sarflaydigan vaqti oʻrtasida sezilarli farq saqlanib qolmoqda: ayollar kuniga oʻrtacha 5,36 soat, erkaklar esa 2,18 soat sarflagan. Maqolada mehnat bozoridagi gender tafovutlarini shakllantiruvchi iqtisodiy, institusional va madaniy omillar tahlil qilinib, xotin-qizlarning barqaror bandligi va iqtisodiy mustaqilligini kuchaytirish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.