Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

G'O'ZA (Gossypium hirsutum L.) DURAGAYLARIDA JAMI KO'SAKLAR SONINING GENETIK O'ZGARUVCHANLIGI, GETEROZISI VA IRSIYLANISHI

Abdumurod Xakimovq/x.f.f.d., katta ilmiy xodim, Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi ilmiyZuxriddin NamozovMustaqil-tadqiqotchi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda g‘o‘zaning (Gossypium hirsutum L.) jami ko‘saklar soni bo‘yicha genetik o‘zgaruvchanligi, geterozisi va irsiylanishi o‘rganildi. Yulduz, Niso, Guliston, SSB K-1, T-1336 va T-1391 genotiplari asosida to‘liq diallel chatishtirish orqali 30 ta F₁ kombinatsiyasi olindi va F₂ avlodlari shakllantirildi. Ota-ona shakllarida jami ko‘saklar soni 15,4–17,3 dona bo‘ldi. F₁ avlodida eng yuqori geterozis Niso × Yulduz (58,2%), Niso × Guliston (51,5%) va Yulduz × T-1336 (26,06%) kombinatsiyalarida qayd etildi. F₂ populyatsiyalarida variatsiya koeffitsiyenti 18,6–25,3%, irsiylanish koeffitsiyenti esa 0,50–0,81 oralig‘ida bo‘ldi. Natijalar mazkur kombinatsiyalardan g‘o‘zaning hosildorlik komponentlarini yaxshilashda foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba