Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUG'URTA KOMPANIYALARINING MOLIYAVIY HOLATINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAHLIL AMALLARNI BAJARISH YO'LLARI

Alimov Baxodir BatirovichBiznes va tadbirkorlik oliy maktabi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozorida faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy holatini baholashda raqamli texnologiyalar va zamonaviy modellarni qo‘llash masalalari tadqiq etildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi sug‘urta kompaniyalarining likvidlik, to‘lovga qodirlik va rentabellik ko‘rsatkichlarini an’anaviy moliyaviy tahlil usullari hamda raqamli va mashinaviy o‘rganish modellarini integratsiyalashgan holda baholashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi doirasida 2023-2024-yillar bo‘yicha shartli (model) sug‘urta kompaniyasi moliyaviy ma’lumotlari asosida asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar hisoblandi, ularning dinamikasi tahlil qilindi va raqamli modellar yordamida bankrotlik xavfi baholandi. Tadqiqot natijalari sug‘urta kompaniyasida likvidlik darajasi yaxshilanganini, to‘lov qodirlik va kapital yetarliligi ko‘rsatkichlari regulyator talablari darajasidan yuqori ekanligini hamda anderrayting (xavfni baholash) va umumiy rentabellik ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘sish tendensiyasiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, raqamli modellar an’anaviy tahlil usullariga nisbatan moliyaviy xavflarni oldindan aniqlashda yuqoriroq aniqlikni ta’minlashi aniqlandi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalarida raqamli moliyaviy monitoring, erta ogohlantirish tizimi va sun’iy intellekt asosidagi risk-boshqaruv tizimlarini joriy etish zarurligini ilmiy asoslab beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba