Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SHAHAR HUDUDLARIDA ATMOSFERA HAVOSINING IFLOSLANISHINI KAMAYTIRISH STRATEGIYALARI. SCOPUS MA'LUMOTLAR BAZASI ASOSIDA BIBLIOMETRIK VA MAVZUIY ADABIYOTLAR TAHLILI

Sardor Jo'rayevMarkaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University)
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot shahar hududlarida atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirish strategiyalari bo'yicha Scopus ma'lumotlar bazasidagi 852 ta ilmiy maqolaning bibliometrik va mavzuiy tahliliga bag'ishlangan. Biblioshiny dasturi yordamida ilmiy nashrlar dinamikasi, yetakchi davlatlar, mualliflar va jurnallar tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra, 2013-yildan boshlab ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlar soni sezilarli oshgan bo'lib, Xitoy, AQSH va Buyuk Britaniya yetakchi o'rinlarni egallaydi. Tahlil asosida havo ifloslanishini kamaytirish strategiyalari sakkizta asosiy yo'nalishga guruhlandi: siyosat va boshqaruv, sog'liqni saqlash, transport, modellashtirish, COVID-19 ta'siri, sanoat-energetika, shahar rejalashtirish va yashil infratuzilma. Tadqiqot Markaziy Osiyo bo'yicha ilmiy izlanishlar yetarli emasligini hamda integratsiyalashgan strategiyalarni baholash zarurligini ko'rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba