QISQA TUTASHGAN ROTORLI ASINXRON MASHINANING GENERATOR REJIMIDAGI KRITIK MOMENTLARINI TAHLIL QILISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada qisqa tutashgan rotorli asinxron mashinaning generator rejimidagi elektromexanik xarakteristikalari nazariy jihatdan tadqiq qilindi. Tadqiqot obyekti sifatida 1,5 kW quvvatli Siemens asinxron motori tanlandi. Mashinaning T– va Г–shaklli almashtirish sxemasi parametrlari bo'sh yurish hamda qisqa tutashuv tajribalari asosida aniqlandi. Generator va motor rejimlari uchun elektromagnit momentning rotor sirpanishiga bog'liqligi hisoblandi hamda mexanik xarakteristikalar qurildi. Natijalar generator rejimidagi kritik moment motor rejimidagiga nisbatan kattaroq ekanligini ko'rsatdi. Olingan natijalar asinxron generatorlarni mikroGES va avtonom energiya tizimlarida qo'llash imkoniyatlarini baholashda nazariy asos bo'lib xizmat qiladi.