TUPROQQA TURLI USULLARDA ISHLOV BERISHNING KUZGI BUGʻDOY O'SISH-RIVOJLANISHIGA TA'SIRI
Annotatsiya
Maqolada Qashqadaryo viloyatining och tusli bo'z tuproqlari sharoitida yozgi siderat va kuzgi bug'doy urug'larini turli usullarda ekish va yozgi siderat ekinlarining kuzgi bug'doy o'sish-rivojlanishiga ta'siri yoritilgan. Kuzgi yumshoq bug'doyning Shukrona navi vegetatsiya davri nazorat Nazorat+ No-till Kuzgi bug'doy variantida 30 may yoki urug' unib chiqqandan tuliq pishib yetilishiga qadar 226 kun, No-till Yozgi siderat (mosh)+ No -till kuzgi bug'doy, Full -till Yozgi siderat (mosh)+ No -till kuzgi bug'doy variantlarida 31 may yoki 227 kun, Nazorat+ Full-till Kuzgi bug'doy variantida 2 iyun yoki 229 kun va No-till Yozgi siderat (mosh)+ Full-till kuzgi bug'doy, Full -till Yozgi siderat (mosh)+Full-till kuzgi bug'doy variantlarida esa 4 iyun yoki 231 kunni tashkil qilgan.