AEROPONIKA USULIDA KARTOSHKA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya
Ushbu maqolada kartoshka (Solanum tuberosum L.) urug'chiligida aeroponik usuldan foydalanishning ilmiy asoslari, texnologik xususiyatlari va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda aeroponik tizimda mini-tuganaklar yetishtirish uchun optimal sharoitlar, jumladan, ozuqaviy eritma tarkibi, ekish zichligi, mikroiqlim parametrlari va yoritish rejimi o'rganildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, aeroponika usuli an'anaviy usullarga nisbatan yuqori hosildorlik (20–30%) hamda sifatli, kasalliklardan xoli ekish materialini olish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu texnologiya urug'lik kartoshka ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirish va resurslardan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega.