Karyer hududida yer osti suvlari monitoringining taqsimlangan oʻlchash tarmogʻi va almashinuv protokoli arxitekturasi
Annotatsiya
Karer bortidagi suv bosimini monitoring qilishda kuzatuv quduqlaridan uzluksiz suv sathi ma'lumotlari talab etiladi, biroq sanoat telemetriyasi tugunlarining yuqori narxi tarmoqni zichlashtirishni cheklaydi. Maqolada taxminan 106 AQSh dollariga teng tannarxli avtonom o'lchash tuguni, LoRaWAN aloqa kanali va qurilma–server almashinuv protokoli ishlab chiqilgan. Energiya hisobi soatlik rejimda 90 mkA o'rtacha tok va 17 yilgacha hisobiy (kuzatuv ma'lumotlari asosida ekstrapolyatsiya qilingan) avtonomlikni ko'rsatdi. Kanal tahliliga ko'ra, bitta shlyuz 20–100 tugunli tarmoqni ikki tartib zaxira bilan qo'llab-quvvatlaydi. 180 sutka davom etgan uzluksiz kuzatuvda 12 tugundan 61 mingga yaqin paket qabul qilinib, 6–20 soatlik uzilishlarda o'lchovlar yo'qolmadi, vaqt sinxronizatsiyasi ±1 s darajada saqlandi.