MAHALLIY VA XORIJ AMALIYOTIDA SUVDAN FOYDALANISH REJALARINI ISHLAB CHIQISHGA OID ILMIY YONDASHUVLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada mahalliy va xorijiy amaliyotda suvdan foydalanish rejalarini ishlab chiqishga oid ilmiy yondashuvlar tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida suv resurslarini rejalashtirishning nazariy asoslari, jumladan, suv balansi, tuproq namligi, o'simlik holati va matematik modellashtirish asosidagi yondashuvlar o'rganildi. Xorijiy tajribada qo'llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, jumladan, raqamli monitoring, sun'iy intellekt va optimallashtirish modellari tahlil qilindi. Shuningdek, O'zbekiston sharoitida suvdan foydalanish rejalarini ishlab chiqishdagi mavjud muammolar va imkoniyatlar yoritildi. Tadqiqot natijalari mahalliy amaliyotda zamonaviy ilmiy yondashuvlarni joriy etish zarurligini ko'rsatadi.