Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TOSHKENT VILOYATINING TEKISLIK HUDUDLARIDA UZUM PAYVANDTAGLARINING ASOSIY FENOLOGIK FAZALARINI O'TISHINI KUZATISH

Shuxrat AxmedovAkademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiAxmadjon QosimovAkademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiShaxzod GaniyevAkademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiToxirbek ErgashevAkademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlari va kontinental iqlim sharoitida uzumning istiqbolli payvandtaglari (Kober 5BB, SO4 va Rixter 57) fenologik rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Payvandtaglarning asosiy fenologik fazalari (shira harakati, kurtaklar yozilishi, novdalar o'sishi va barg to'kilishi) hamda ularning faol haroratlar yig'indisi (ΣT>0℃ va ΣT>5℃) bilan bog'liqligi aniqlangan. Payvandtaglarning vegetatsiya davri davomiyligi va rivojlanish sur'ati bevosita ularning biologik xususiyatlariga bog'liq bo'lib, SO4 payvandtagi nisbatan ertapishar, Rixter 57 esa uzaytirilgan vegetatsiya davri bilan ajralib turadi. Tadqiqot xulosalari mahalliy ko'chatzorlarda agrotexnik tadbirlarni optimallashtirish va iqlimga mos payvandtaglarni tanlashda ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba