Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ISSIQXONA TOMCHILATIB SUG'ORISH TIZIMLARINING KONSTRUKTIV PARAMETRLARINI GIDRAVLIK HISOBI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Kudrat RakhimovToshkent davlat transport universitetiDilshodaxon UbaydillayevaToshkent davlat transport universitetiA. Ubaydillayev
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada issiqxona sharoitida qo'llaniladigan tomchilatib sug'orish tizimlarining konstruktiv parametrlarini oqimning gidravlik xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish masalalari o'rganilgan. Sug'orish tizimining samaradorligi quvur diametri, ishchi bosim, tomchilatgichlar oralig'i hamda oqim rejimiga bog'liqligi asoslab berilgan. Gidravlik tahlillar Darsi–Veysbax tenglamasi va Reynolds mezoni asosida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari quvur diametrining oshishi bosim yo'qotilishlarini kamaytirishini, 1,0–1,2 bar ishchi bosim esa suvning bir tekis taqsimlanishini ta'minlashini ko'rsatdi. Tomchilatgichlar orasidagi 30 sm masofa esa o'rganilgan sharoitda va muayyan ekin turlari uchun ildiz zonasi namlanishining optimal taqsimlanishini ta'minlashi aniqlandi. Taklif etilgan parametrlar tizimning gidravlik samaradorligini oshirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini yaxshilash imkonini beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba