Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI ASOSIDA ISHLOVCHI ASINXRON GENERATOR UCHUN BOSHQARUV STRATEGIYASI

Ma'murjon AxmedovOʻzR FA Energetika muammolari institutiBaxodir EkrinovOʻzR FA Energetika muammolari institutiAbdimannof MuxammadiyevOʻzR FA Energetika muammolari instituti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlovchi o'z-o'zidan qo'zg'aluvchi asinxron generator (O'QAG) tizimlari uchun samarali boshqaruv strategiyasi ishlab chiqilishi ko'rib chiqilgan. MikroGES, shamol va quyosh energiyasi kabi tarqoq generatsiya manbalarida asinxron generatorlarning oddiy konstruksiya, arzon narx va yuqori ishonchlilik kabi afzalliklari mavjud. Biroq yuklama o'zgarishi va aylanish tezligining beqarorligi sababli kuchlanish hamda chastotaning o'zgarishi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda elektron yuklama regulyatori, reaktiv quvvatni boshqarish va kondensator batareyalari asosidagi boshqaruv usullari tahlil qilindi. Taklif etilgan strategiya generator chiqish kuchlanishi va chastotasini barqarorlashtirishga, energiya samaradorligini oshirishga hamda iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba