Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KO'CHATZORDA YETISHTIRILGAN USTUNSIMON OLMA KO'CHATLARINING PAYVANDTAG BILAN MUSTAHKAMLIK KO'RSATKICHI HAMDA MUTANOSIBLIK INDEKSINI BAHOLASH

Sohibjon NuriddinovAkademik M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiSokhib Islamov
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ustunsimon olma navlarining turli xil biologik va o'sish kuchiga ega bo'lgan payvandtaglar (MM106, M9, MM111 vegetativ payvandtaglari va urug'ko'chat) bilan o'zaro birikish mustahkamligi hamda anatomik-morfologik mutanosiblik qonuniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Ko'chatzorning ikkinchi dalasida kavlab olingan ko'chatlarni dinamometrik uskunada sinash orqali payvand komponentlarining mexanik ajralish kuchi aniqlangan, shuningdek, o'suv davridagi mutanosiblik indekslari hisoblab chiqilgan. Yarimpakana MM106 payvandtagi ustunsimon olma navlari uchun eng maqbul mexanik barqarorlik (o'rtacha 16,7) va anatomik uyg'unlikni (indeks 0,98) ta'minlagan bo'lsa, pakana M9 payvandtagida birikish joyida kuchli yo'g'onlashish (indeks 1,12) va zaiflik kuzatilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba