KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Annotatsiya
ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari hamda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi tahlil qilingan. Xususan, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Fransiya kabi mamlakatlarda kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning institutsional, moliyaviy, soliq, innovatsion va tashkiliy mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida xorijiy tajribaning O‘zbekiston sharoitiga mos jihatlari aniqlanib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va hududlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan