MAKTABGACHA TA'LIM XIZMATLARI SOHASIDA KICHIK BIZNES RAQOBATBARDOSHLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim xizmatlari sohasida kichik biznes raqobatbardoshliginishakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Kichik biznesning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni,maktabgacha ta'lim xizmatlari bozoridagi funksional xususiyatlari hamda raqobat, raqobat ustunligi varaqobatbardoshlik kategoriyalarining o'zaro bog'liqligi ochib berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatidaxizmat sifati, pedagog kadrlar salohiyati, moddiy-texnik resurslar, boshqaruv samaradorligi, ota-onalar qoniqishi,imij va reputatsiya kabi omillarning raqobat ustunligini shakllantirishdagi o'rni asoslangan. Shuningdek, kichikbiznes shaklidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy-ta'limiy natijalarning o'zarouyg'unligi raqobatbardoshlikni ta'minlashning muhim sharti sifatida baholangan. Tadqiqot natijasida maktabgachata'lim tashkilotlari raqobatbardoshligini resurslar, boshqaruv jarayonlari, iste'molchi uchun yaratiladigan qiymat vabozor mavqeining o'zaro bog'liq tizimi sifatida talqin qilish taklif etilgan