Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TRIKUSPIDAL KLAPAN YETISHMOVCHILIGI VA O'NG QORINCHA FUNKSIYASINI EXOKARDIOGRAFIK BAHOLASH, ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

F.M. Bekmetovat.f.d. professor, RIKIАTM Yurak-qon tomir kasalliklarini noinvaziv usullar bilan tashxislash Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi rahbariXusan KarimovRShTYIMXF Shoshilinch kardiologiya bo`limi kardiologiKumush MatniyazovaUrganch TTB ko`p tarmoqli markaziy poliklinika endokrinologi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Kirish va maqsad: Trikuspidal klapan yetishmovchiligi (TY) bemorlarning hayot va o‘lim ko‘rsatkichlariga sezilarli ta'sir ko‘rsatuvchi jiddiy gemodinamik patologiya hisoblanadi. Ushbu sharhning maqsadi trikuspidal yetishmovchilik og‘irlik darajasini va o‘ng qorincha (O‘Q) funksiyasini vizualizatsiya qilishdagi zamonaviy exokardiografik yondashuvlarni tahlil qilishdir.Metodologiya: Dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga muvofiq, Amerika Exokardiografiya jamiyatining (ASE) 2017 va 2025-yillardagi so‘nggi klinik qo‘llanmalari va standartlari asosida adabiyotlar tahlili o‘tkazildi.Natijalar: TY diagnostikasida an'anaviy 3 darajali tasnifning yetarli emasligi sababli, og‘ir holatlarni farqlash imkonini beruvchi yangi 5 darajali (yengil, o‘rta og‘ir, og‘ir, massiv, torrensial) tizimning klinik ahamiyati asoslandi. O‘Q sistolik funksiyasini baholashda TAPSE, TDI S', FAC va RV strain parametrlarini majmuaviy qo‘llash zarurligi ko‘rsatildi. Shuningdek, murakkab anatomik o‘zgarishlarda va transkateter aralashuvlarni rejalashtirishda 2D usuliga nisbatan 3D exokardiografiya "oltin standart" ekanligi tasdiqlandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba