Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KLINKERDAN KUMUSH VA MISNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI TADQIQ QILISH

Oybek Azamato‘g‘li QayumovKarshi State Technical UniversityShaxrizod Zafarjono‘g‘li UzoqovKarshi State Technical UniversitySergey Vladimirovich Larionov“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
2026
ABI

Annotatsiya

Foydali qazilmalardan foydalanish va rangli metallar ishlab chiqarishga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Shu sababli, metallurgiya sanoatida ko‘p miqdorda texnogen chiqindilar hosil bo‘lmoqda. Bu chiqindilar chiqindixonalarda to‘planib, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va foydali yer maydonlarini egallamoqda. Shu texnogen chiqindilardan biri – rux ishlab chiqarish chiqindisi klinker bo‘lib, tarkibida ko‘plab qimmatbaho komponentlar (rux, mis, temir, oltin, kumush va boshq.) ni jamlab olgan. Klinkerni qayta ishlash uchun olib borilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar hali ham ishlab chiqarishga joriy qilinmaganligi, joriy qilingani esa komponentlarni to‘liq ajratib olish imkonini bermaganligi sababli klinkerni qayta ishlash muammosi hali ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada “Olmaliq KMK” AJ rux zavodi chiqindisi klinkerdan kumushni va misni ajratib olish texnologiyasi keltirilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar