Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MAKKAJO'XORI CHIQINDISI ASOSIDAGI KO'MIR ADSORBENTLARINING G'OVAKLI TUZILISHI VA ADSORBSION XOSSALARI

2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada makkajo‘xori chiqindisi asosida uglerodli adsorbentlar olish hamda termik faollantirish haroratining ularning g‘ovakli tuzilishi va adsorbsion xossalariga ta’siri o‘rganildi. Xomashyo inert muhitda 400–800 °C harorat oralig‘ida karbonizatsiya qilindi. Olingan namunalarning morfologiyasi SEM usuli yordamida tahlil qilindi. Adsorbsion xossalar benzol bug‘i adsorbsiyasi izotermalari asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, harorat 400 °C dan 800 °C gacha oshirilganda adsorbentlarning solishtirma yuzasi 23,70 m²/g dan 123,82 m²/g gacha, mikrog‘ovaklar hajmi esa 0,01475 sm³/g dan 0,08829 sm³/g gacha ortdi. Benzol bug‘i adsorbsiyasi 0,4 mmol/g dan 1,2 mmol/g gacha ko‘paydi. Olingan natijalar yuqori haroratda uchuvchan moddalarning ajralishi va mikrog‘ovakli tuzilmaning rivojlanishi hisobiga adsorbsion faollik ortishini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba