BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI O‘QITISH JARAYONINI GIBRIDLASHTIRISH: LAB ROTATION MODELINING METODIK IMKONIYATLARI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfida ingliz tilini o‘qitish mazmuni va “Prepare” darsligining metodik imkoniyatlari gibrid ta’limning Lab Rotation modeli nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2025–2026 o‘quv yili uchun tasdiqlangan o‘quv dasturi, ish rejasi va darslik mazmuni, shuningdek, chet tillari bo‘yicha B1 daraja talablaridan foydalanildi. Tahlil natijasida darslikda kommunikativ yondashuv, tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini integratsiyalash, loyiha ishlari va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun metodik imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga, dars vaqtining cheklanganligi, katta komplektli sinflarda individual yondashuvning murakkabligi, qayta aloqa va raqamli monitoring imkoniyatlarining cheklanganligi kabi muammolar aniqlandi. Lab Rotation modeli mazkur cheklovlarni kamaytirish, mustaqil ta’limni qo‘llab quvvatlash, raqamli resurslardan foydalanish va auditoriya vaqtini kommunikativ faoliyatlarga yo‘naltirish imkonini beruvchi istiqbolli model sifatida asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan