Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TRIAMSINOLON PREPARATI YORDAMIDA YUZ VA BOʻYIN SOHASIDA JOYLASHGAN YANGI VA ESKI KELOID CHANDIQLARNI DAVOLASH SAMARADORLIGINI TAQQOSLASH

Boymuradov, Shukhrat AbdujalilovichToshkent Davlat tibboyot universiteti rektori, t.f.d, professorJavohir G'afurovich G'aybullayevNavoiy Davlat universiteti, Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi assistenti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot yuz va boʻyin sohasidagi keloid chandiqlarni davolashda triamsinolon atsetonid preparatining yangi (6 oygacha) va eski (6 oydan 10 yilgacha) chandiqlardagi samaradorligini taqqoslashga yoʻnaltirilgan. Tadqiqotga 18–55 yosh oraligʻidagi jami 56 nafar bemor jalb etildi. Har 4 haftada bir marta 40 mg/ml dozada intralezional inyeksiya 3 kurs davomida amalga oshirildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, yangi chandiqlarda toʻliq klinik remissiya 77% hollarda, eski chandiqlarda esa 50% hollarda kuzatildi. Xulosa qilib aytganda, keloid chandiqlarni ilk bosqichda davolash triamsinolon terapiyasining samaradorligini deyarli 2 barobar oshiradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba