XUSUSIY TIBBIY XIZMATLAR RAQOBATBARDOSHLIGI IQTISODIY MEXANIZMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA IMTIYOZ VA PREFERENSIYALARNING AHAMIYATI
Annotatsiya
Maqolada xususiy tibbiy xizmatlar raqobatbardoshligi iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirishda imtiyoz va preferensiyala rning iqtisodiy vazifasi tadqiq etilgan. Imtiyozlar oddiy xarajatni kamaytirish vositasi emas, balki investitsiya, texnologiya, kadrlar, hududiy qamrov, sugʻurta tizimiga integratsiya va x izmat sifatiga ta'sir etuvchi transmission mexanizm sifatida baholangan. Oʻzbekistonda 2026 -yilda joriy etilgan imtiyozli kredit liniyasi, soliq va bojxona yengil iklari, muhandislik infratuzilmasini qoʻlab-quvvatlash, davlat tibbiy sugʻurtasiga kirish hamda akkreditatsiya bilan bogʻliq preferensiyalar tizimlashtirilgan. Mual if t omonidan "imtiyoz – resurs tejamkorligi – investitsion faolik – sifat va texnologiya – bemor uchun qiymat – raqobat natijasi" zanjiri hamda natijaga bogʻlangan dif erensial preferensiyalar mexanizmi taklif etilgan.