QISHLOQ XO'JALIGI CHIQINDILARIDAN SELLYULOZA AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya
Qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan o‘simlik chiqindilari ekologik va iqtisodiy jihatdan muhim resurs hisoblanadi. Baqlajon (Solanum melongena) va qalampir (Capsicum annuum) yetishtirish jarayonida katta miqdorda poya qoldiqlari hosil bo‘ladi va ular odatda utilizatsiya qilinmaydi. Ushbu tadqiqot ishida mazkur agro-chiqindilarni qayta ishlash orqali ulardan sellyuloza ajratib olish imkoniyati o‘rganildi. Sellyuloza ajratish jarayoni ishqoriy muhitda olib borildi hamda poyalarni oldindan tayyorlash, kimyoviy ishlov berish va yakuniy mahsulotni ajratish bosqichlari batafsil tavsiflandi. Tadqiqot natijalari baqlajon va qalampir poyalarining lignosellyulozali biomassa sifatida sellyuloza olish uchun istiqbolli xomashyo bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar agro-chiqindilarni qayta ishlash va ularni qiymatli biomateriallarga aylantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.