Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi karatechilarning kumite (erkin jang) dasturi bo‘yicha qo‘l zarbalari texnik harakatlarini rivojlantirish uslubiyati

Aziz UtepovUzbek State University of Physical Culture and Sport
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi karatechilarning kumite yo‘nalishida qo‘l zarbalarini rivojlantirish metodikasining samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida musobaqa faoliyati tahlili asosida eng ko‘p qo‘llaniladigan zarbalar aniqlanib, ular negizida maxsus mashg‘ulot dasturi tizimli ravishda ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Tadqiqot boshida va yakunida karatechilarning texnik tayyorgarligini baholash maqsadida nazorat test sinovlari o‘tkazildi. Olingan natijalar kumite dasturi doirasida qo‘l zarbalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulot dasturining samaradorligini tasdiqladi. Shuningdek, tadqiqot natijalari kumite bellashuvlarida qo‘l zarbalari yaqin masofada, tezkor hujum va qarshi hujum vaziyatlarida oyoq zarbalariga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar