Biogaz ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda noravshan modelga asoslangan qarorlar qabul qilishni qo‘llab -quvvatlash mexanizmi
Husniddin AbdullayevBuxoro davlat texnika universitetiShavkiddin AbdullayevRenaissance Educational UniversityAziza NavruzovaBuxoro davlat texnika universiteti
2026
Ochiq kirish: yoʻq
ABI
Annotatsiya
Maqolada biogaz ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish masalalari noravshan (fuzzy) modelga asoslangan qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yordamida tadqiq etilgan. Biogaz reaktorida kechadigan biologik va texnologik jarayonlarning murakkabligi, tashqi va ichki omillarning noaniqligi an’anaviy matematik modellar asosida aniq boshqaruvni ta’minlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli, maqolada biomassa namligi, harorat, pH muhiti va organik yuklama kabi parametrlar o‘rtasidagi noravshan bog‘liqliklarni hisobga oluvchi fuzzy mantiqqa asoslangan boshqaruv modeli ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba