GLOBALLASHUV DAVRIDA DEONTOLOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARDA FAOL FUQAROLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda talabalarni ijtimoiy faol, milliy g‘ururli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim masala ekanligi borasida fikr yuritiladi. Globallashuv jarayonida bir tomondan, demokratiya, inson huquqlari, erkinlik va ochiqlik kabi umuminsoniy qadriyatlar keng yoyilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, milliy o‘zlikka befarqlik, iste’molchilik ruhiyati, axborot xurujlari va turli mafkuraviy tahdidlar kuchayayotgani, bu holat yoshlarning ijtimoiy ongida qarama-qarshi tendensiyalarni yuzaga keltirishi mumkinligi, shuning uchun fuqarolik tarbiyasi orqali talabalarda tanqidiy fikrlash, huquqiy ong, vatanparvarlik va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish globallashuvning salbiy ta’sirlarini bartaraf etishda muhim omil ekanligi ilmiy tomonlama asoslab beriladi.
Hali tarjima qilinmagan