Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning strategik ahamiyati
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni va ahamiyati har tomonlama tahlil qilingan. Unda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda ularning kichik biznes rivojiga ta’siri yoritib berilgan. Maqolada kichik biznes subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar kesimidagi rivojlanish tendensiyalari, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, eksport salohiyatini kuchaytirish va hududiy muvozanatni ta’minlashdagi roli statistik ma’lumotlar asosida ochib berilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik Yangi O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining muhim drayveri bo‘lib, uning barqaror rivoji mamlakatning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Hali tarjima qilinmagan