Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'quv dasturlari mazmunini xalqaro talablar asosida moslashtirishning didaktik shartlari

Kudratbek MakhmudovChirchik State Pedagogical University
2026
ABI

Annotatsiya

Maqolada o‘quv dasturlari mazmunini xalqaro talablar asosida moslashtirishning didaktik shartlari narrative review usulida tahlil qilingan bo‘lib, undagi tadqiqotda QS World University Rankings by Subject va Times Higher Education World University Rankings by Subject 2026, ya’ni fanlar bo‘yicha reyting tizimlarining metodologiyalari fanga xos didaktik talablarning manbai sifatida o‘rganilgan. Tahlil natijasiga ko‘ra o‘quv dasturlarini xalqaro talablarga moslashtirish jarayonida yetti asosiy didaktik shart amal qilishi zarur: fanga xos ta’lim natijalari va konstruktiv muvofiqlashtirish; dissiplinar ilmiy nashr madaniyati bilan ta’limning integratsiyasi; akademik va ish beruvchilar manfaatdorligini hisobga olish; xalqaro tadqiqot tarmog‘i va akademik mobillik; raqamli infratuzilma va o‘qitishning yangi formalari; davriy sifat kafolati va dasturni yangilash siklini joriy etish hamda fanga xos didaktik moslashuvchanlik. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ushbu didaktik shartlarni amalga oshirishning amaliy yo‘nalishlari va cheklovlari ham yoritilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba