Xalqaro reyting mezonlari asosida oliy ta'lim sifatini baholashning nazariy tamoyillari
Annotatsiya
Maqolada xalqaro reyting mezonlari asosida oliy ta’lim sifatini baholashning nazariy tamoyillari narrative review usuli orqali tahlil qilingan. Tadqiqotda yetakchi to‘rtta xalqaro reyting tizimi bo‘lgan QS World University Rankings, Times Higher Education (THE) World University Rankings 2026, ShanghaiRanking’s Academic Ranking of World Universities (ARWU) hamda UI GreenMetric Sustainable University Rankings 2026 metodologiyalari qiyosiy o‘rganilgan va ularda jamlangan mezonlar oliy ta’lim sifatining qaysi jihatlarini operativlashtirayotgani aniqlangan. Tahlil natijalariga ko‘ra mazkur reytinglar zamirida olti asosiy nazariy tamoyil yotadi, jumladan ko‘p o‘lchamlilik, indikatorga asoslangan baholash, qiyosiylik va xalqaro tan olinish, ilmiy natijadorlikning ustuvorligi, manfaatdor tomonlar nuqtai nazaridan reputatsiyani baholash hamda barqaror rivojlanish va sifat madaniyati bilan integratsiya. Mazkur tamoyillar oliy ta’lim muassasalari uchun universal yo‘riqnoma bo‘lib qolmasdan, ichki sifat tizimini takomillashtirish, strategik rejalashtirish va pedagogik boshqaruv qarorlarini dalillarga tayanib qabul qilish uchun nazariy asos vazifasini bajaradi.
Hali tarjima qilinmagan