Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘ZBEK VA QOZOQ TILLARIDA AFFIKSLARNING MILLIY MADANIY SEMANTIKASI VA LINGVOKULTUROLOGIK TAVSIFI

Nursulton ShayxislamovChirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakulteti dekan o‘rinbosari, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek va qozoq tillaridagi affikslarning lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-tipologik hamda lingvokulturologik yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi affikslarning grammatik va derivatsion funksiyalaridan tashqari, milliy madaniyat, qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar hamda etnomadaniy tafakkurni ifodalashdagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Tadqiqot davomida affikslarning semantik imkoniyatlari lingvomadaniy mazmun bilan uzviy bog‘liqligi, ularning milliy dunyoqarashni aks ettirishdagi roli hamda nutq jarayonida baholash, hurmat, yaqinlik, kasbiy mansublik va ijtimoiy identifikatsiyani ifodalashdagi funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, umumturkiy affikslarning o‘zbek va qozoq tillarida turlicha lingvomadaniy mazmun kasb etishi qiyosiy misollar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari affikslarning tilning morfologik tizimi bilan bir qatorda madaniy kodni shakllantirish va uzatishda ham muhim lingvistik vosita ekanligini ko‘rsatadi. Olingan ilmiy xulosalar turkiy tillar morfologiyasi, lingvokulturologiya va qiyosiy tilshunoslik sohalaridagi tadqiqotlarni yangi ilmiy dalillar bilan boyitadi [1; 3; 7].

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar