DIZELLI ICHKI YONUV DVIGATELLARIGA SERVIS VA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH TEXNOLOGIYASI
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada dizelli ichki yonuv dvigatellariga servis va texnik xizmat ko‘rsatishning zamonaviy texnologiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – dizel dvigatellarini texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish, ularning ishonchliligi va ishlash muddatini oshirish yo‘llarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda kuzatish, taqqoslash, statistik tahlil va eksperimental sinov metodlari qo‘llanilgan. Natijada zamonaviy diagnostika tizimlari, yog‘ almashtirish texnologiyalari, yonilg‘i tizimini sozlash usullari va filtr almashtirishning ilmiy asoslangan muddatlari belgilangan. Olingan natijalar avtomobil ta'mirlash korxonalari, servis markazlari va muhandislik ta'limi tizimida keng qo‘llanilishi mumkin. Xulosa: zamonaviy diagnostika va profilaktik xizmat ko‘rsatish texnologiyalarini joriy etish dvigatel ishonchliligi va xizmat muddatini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
Hali tarjima qilinmagan