FREZERLASHDA QO‘LLANILADIGAN NANO-SOVITISH SUYUQLIKLARINING KESISH ZONASI HARORATI VA ASBOB YEYILISHIGA TA’SIRINI MODELLASHTIRISH
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Metallarga ishlov berish jarayonida sovitish va moylash tizimlariga turli qo‘shimchalar kiritilishi ishlov berishning barqarorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Har xil turdagi qo‘shimchalar ishqalanishni kamaytirish, kontakt yuzalarining yeyilishini pasaytirish hamda kesish zonasidan issiqlikni samaraliroq olib chiqishga yordam beradi. Nanotexnologiyalar rivojlanishi bilan sanoatda nanozarrachalar, nanoqo‘shimchalar va nanosuyuqliklardan foydalanish va ularni tadqiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu ishda nanozarrachalarga asoslangan sovitish va moylash suyuqliklaridan foydalanishning ta’siri o‘rganiladi. Oddiy sovitish-moylash suyuqliklari bilan nanoasosli suyuqliklarning kesish jarayonidagi samaradorligi o‘zaro solishtiriladi.
Hali tarjima qilinmagan