HUDUDIY IQTISODIY KLASTERLARNING MINTAQAVIY RAQOBATBARDOSHLIKKA TA’SIRINI EKONOMETRIK BAHOLASH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada hududiy iqtisodiy klasterlarning mintaqaviy raqobatbardoshlikka ta’siri statistik va ekonometrik usullar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida hududiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, jumladan investitsiyalar hajmi, sanoat ishlab chiqarishi va klaster korxonalari soni o‘rganildi. Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish omillarini aniqlash maqsadida ko‘p omilli regressiya modeli tuzildi va uning natijalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari hududiy iqtisodiy klasterlarning mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, klasterlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Hali tarjima qilinmagan